• Pena dekoratsialar ishlab chiqarish

    Assalomu-alaykum qadrli kanalimiz a’zolari “OSS-GROUP” siz tadbirkorlar uchun bir-biridan istiqbolli bo’lgan biznes loyihalarni taqdim etib kelmoqda.Xabaringiz borki “OSS-GROUP” jamoasi siz aziz tadbirkorlarga taqdim etayotgan loyihalarni batafsil o’rganib chiqib,eng sifatli va hamyonbob, eng serdaromad, o’zini tez oqlaydigan loyihalar va xaridordir bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni taklif qilib kelmoqda.O’ylaymizki navbatdagi loyihamiz ham sizga manzur keladi.Navbatdagi loyiha haqida bizga kanalimiz kuzatuvchilari tomonidan ko’plab takliflar keldi va biz buni inobatga olib quyida sizlar uchun pena yordamida xonalar uchun dekoratsiyalar (pena tyaga) va turli xil pena mahsulotlarini ishlab chiqarishni taqdim etamiz.

    Keling avvalambor siz bilan birgalikda liniya haqida batafsilroq tanishib chiqamiz.Ushbu liniya quyidagi uskunalardan tashkil topgan: Maxsus bug’ qozoni;Bug’ saqlash uchun maxsus bak;Havo kompressori;EPS kengaytiruvchi uskuna;Pena zaxirasi uchun maxsus idishlar;EPS Termoformalash uskunasi;Sovutish toveri;Qoliplar va maxsus trubalar.Ma’lumki pena mahsulotlari odamlarga o’zining qulayligi,yengilligi,xavfsizligi va hamyonbobligi bilan manzur kelmoqda.Ayniqsa bizning qo’li gul ustalarimiz esa xonalarni tamirlashda gips tyagalardan voz kechib pena tyagalarga o’tishgan.Sabab? Sababi esa juda oddiy,chunki siz uyingizni tamirlamoqchi bo’lsangiz gipsli tyagalarni xarid qilsangiz sizga bir qator muommolar ham olib keladi.Narxning qimmatligi; gipsli tyagalarning sinish xavfi yuqoriligi…

    Keling endi uskunalarni va ularning texnik ko’rsatgichlarini ko’rib chiqsak…

  • Xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi

    Kundan kun sanitar gigiyenik vositalar savdosi gullab yashnamoqda. Hozirda ko’p mijozlarimiz bizga maklaturadan tualet qog’ozi ishlab chiqarish liniyasini so’rab murojaat etishadi. Albatta bu liniya ham bizda bor va uni sizlarga yetqazib bera olamiz, lekin hozir sizlarga tavsiya etayotgan liniyamiz maklaturadan emas selyuloza rulondan mahsulot chiqarish uchun mo’ljallangan. “ONE STEP SOLUTION” XK sizlarga biror bir uskunani tavsiya etishdan avval rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanishini yana bir eslatib o’tmoqchimiz. Hozirda bizning ichki bozorimiz uchun kerakli bo’lgan xojatxona qog’ozini maklaturadan ishlab chiqaruvchilar xomashyoni chet davlatlardan olib kelish darajasiga borib yetdi. Asosan Rossiya maklatura bilan ta’minlovchi bo’lib turibdi, lekin aqlli tadbirkor o’ziga o’zi savol berishi lozim bo’ladi, ya’ni nega Rossiya davlatining o’zi ularni qayta ishlamaydi degan savol tug’iladi. Buning javobi aniq, Rossiya fuqarolari 100% selyulozadan ishlab chiqarilgan xojatxona qog’ozlarini ma’qul ko’rishmoqda. Hozir bizda ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xaridorlari asosan viloyat markazidan chetroqda joylashgan aholi vakillari tashkil etadi. Lekin yildan yilga ichki bozorimizda xaridorlar orasida selyulozalik salfetka, xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalarga talab ortib bormoqda. Kelajak 3-4 yil ichida bizning 90% aholimiz ushbu mahsulotlardan foydalana boshlaydi. Aholi daromadlari ortishi bilan xaridorlar sifatga qarab harakatlanishi oddiy iqtisodiyot qonuni sanaladi. Keling biz sizlarga yuqori daromadli sohani tanishtirib o’tamiz.

  • Mobil beton zavodi

    Bunyodkor-Tadbirkorlar uchun maxsus taklif ! MOBIL BETON ZAVODI liniyasi…

    Assalomu alaykum qadrli kanalimiz a`zolari! “OSS GROUP” jamoasi tadbirkor xalqimizga xilma-xil va o`zaro manfaatli tijoriy takliflar tayyorlashdan aslo charchamaydi! Chunki siz tarafdan bizga bo`layotgan murojaatlar kuchimizga kuch, g`ayratimizga g`ayrat qo`shmoqda ! Buning uchun Sizga minnatdorlik bildiramiz!

    Xabaringiz bor yaqinda mega-loyihalarimizdan bo`lgan SEMENT ZAVODI liniyasini taqdim qilgan edik. Bugun esa loyihaning mantiqiy davomi sifatida BETON ISHLAB CHIQARISH liniyasini Siz azizlarga taqdim etamiz.

  • Qandolat mahsulotlari va non ishlab chiqarish liniyasi

    O’zbek xalqi azaldan nonni e’zozlab keladi. Non va non mahsulotlari, milliy shirinliklarga bizning yurtimizda doim talabgir mahsulotlar hisoblanadi. Bizning “One Step Solution” XK kompaniyamiz siz azizlarga sifat jihatidan yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishingiz tarafdorimiz va shu sababli non va qandolat mahsulotlarini siz va bizga ancha tanish bo’lgan ananaviy qavatli pechlarda emas, zamonaviy PLC boshqaruv tizimiga asoslangan, yuqori energiya tejamkorligiga ega bo’lgan bo’lgan konveksion pechlarimizni tavsiya qilamiz. Shu bilan bir qatorda siz azizlarga yordamchi uskunalarni ham uzoq muddatli kafolat bilan aynan bizning korxonamizdan sotib olishingiz mumkin.

  • Beton plitalar ishlab chiqarish

    Assalomu-alaykum qadrli kanalimiz a’zolari “OSS-GROUP” tomonidan taqdim etib kelinayotgan  bir-biridan ajoyib va serdaromad ishlab chiqarish uskunalarimiz va liniyalarimiz sizlarga manzur kelyapti deb o’ylaymiz.Navbatdagi taqdim etmoqchi bo’lgan ishlab chiqarish liniyamiz ham sizni befarq qoldirmaydi deb o’ylaymiz.Barchaga ma’lumki serquyosh yurtimizda qurulish sohasi kundan-kunga avj bilan rivojlanib bormoqda.Avval ham ta’kidlab o’tganimizday qolgan sohalarga qaraganda qurulish sohasida bo’lgan mahsulotlarga talab ham juda yuqori.Xabaringiz bor bizning jamoamiz bundan oldin ham qurulish sohasidagi ishlab chiqarish uskunalari va liniyalarini bir necha bor taqdim etib kelgan.Bugun ham ko’plab xaridorlarimizning talab va takliflarini inobatga olgan holda,qurulish sohasida o’zining o’rniga ega bo’lgan mahsulot beton plitalar ishlab chiqarish liniyasini taqdim etamiz.Beton plitalarni, Qayerda? Qanday qilib? ishlatilishi haqida ko’p ham to’xtalib o’tmaymiz.Sabab? sababi beton plitalar bir qavatli va ko’p qavatli binolar va hokozolar qurulishida foydalanib kelmoqda.Keling yaxshisi siz bilan birgalikda uskunalarning ishlab chiqarish quvvati va boshqa texnik ko’rsatgichlariga to’xtalib o’tamiz. 

  • Bug’doy uni ishlab chiqarish liniyasi

    ONE STEP SOLUTION jamoasi Siz azizlarga bir-biridan foydali biznes loyihalar taqdim etishdan aslo charchamaydi! Bugun biz Sizlarga bug`doy uni ishlab chiqarish biznesi va uskunalarini taqdim etamiz.

  • Polipropilen ishlab chiqarish liniyasi (soatiga 1000 dona)

    Qadrli hamyurtlar “ONE STEP SOLUTION” jamoasi Siz azizlarga bir – biridan istiqbolli biznes loyihalarni taqdim etishda davom etadi!

    Bugun biz sizlarga bozorning eng talabgir mahsulotlaridan biri bo`lgan POLIPROPILEN QOP ishlab chiqarish biznesi haqida batafsil ma`lumot taqdim etmoqchimiz.

    Bugungi kunda polipropilen qoplar ishlab chiqarish sanoatining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday qoplar o`zining universalligi va arzonligi bilan bozorda cheksiz talab miqdorini yaratdi. Ishonavering Siz ushbu biznesni yo`lga qo`ysangiz, aslo afsuslanmaysiz!

  • Ko’pikli blok (Penoblok) ishlab chiqaris uskunasi

    Qurilish sanoati rivojlanishi bilan, devor materiallari bozorining katta qismi yengil beton bloklarni to’ldirdi. Bugungi kunda ularning ko’p xillari bor, lekin ularning eng mashhurlari ko’pikli bloklar va gazobloklardir. Ikkalasi ham iste’molchilar bilan juda mashhur. Shu fursatdan foydalanib “ONE STEP SOLUTION” kompaniyasi sizlarga ko’pikli bloklar ishlab chiqarish liniyasini tavsiya etadi. Keling penoblokni boshqa turdagi qurilish g’ishtlari bilan solishtirganda qanday afzalliklarga ega ekanligini ko’rib chiqamiz.

  • Makaron ishlab chiqarish liniyasi(120-130kg soatiga)

    “ONE STEP SOLUTION” jamoasi tomonidan taqdim etilgan, soatiga 40 kg makaron ishlab chiqarishga mo’ljallangan ixcham liniya ko’plab mijozlarimizning katta qiziqishlariga sabab bo’ldi. Shuningdek mijozlarimiz orasida katta hajmdagi makaron ishlab chiqarish liniyasini so`rovchilar ham anchaginani tashkil qildi. Shuning uchun biz sizlarga soatiga 130 kg gacha makaron ishlab chiqarish liniyasini taqdim etamiz. 

    Quyida har bir uskuna haqida to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.

  • Kompyuterli naqshli ko’rpa qavish uskunasi

    KOMPYUTERLI NAQSHLI KO’RPA QAVISH BIZNESI

    Hozirgi texnika rivojlanish asrida qo`l mehnatini o`rnini robotlar va aqilli mashena hamda uskunalar egallamoqda. Hozirgi yangiliklardan yana biri avtomatik ko`rpa qavish uskunasidir. Uskuna keng turdagi dizaynlardan foydalana oladi. Uskuna xotirasiga 250 dan ortiq dizayinlar joylangan bo`lib, tayyor dizayinlardan ham bemalol foydalanishingiz mumkin. Uskuna kompyuter orqali uzingiz hohlagan boshqa turdagi dizayinlarni ham flesh xotira yordamida kiritish mumkin. Uskuna yordamida yozgi va qishgi kurpalar qovishingiz mumkin. Ishlab chiqarilgan kurpalar mavsum tanlamaydigan bizneslar sarasiga kiradi. Sababi qishda sovuq ob-havo sababli talab yuqori buladi. Yoz mavsumi hammamizga ma`lum yurtimizda tuylar mavsumihamdir. Shu sababli tuylar uchun sarpoga eng yaxshi sovg`alardan biri hisoblanadi. Ushbu biznes sizning daromadlaringiz uchun yaxshi xizmat qilishiga ishonamiz.

  • Paxta yog’i ishlab chiqarish liniyasi (sutkasiga 6-8 T xomashyo)

    Yurtimizda bo’layotgan ijobiy o’zgarishlardan ruhlangan holda siz tadbirkorlarga “One step solution”XKsi navbatdagi paxta chigitidan ixcham o’simlik yog’i ishlab chiqarish liniyasini tavsiya etmoqda. Shu kungacha paxta yog’i ishlab chiqarish “O‘zpaxtayog‘” AJ ga tegishli bo’lib, xususiy tadbirkorlarga paxta yog’i ishlab chiqarishga ruxsat yo’q edi. Prezidentimizning 2018 yil 17 yanvardagi qaroriga ko‘ra, endilikda monopolist korxonalar tomonidan 27 nomdagi yuqori likvidli mahsulotlar bozor tamoyillari asosida faqat birja savdosi orqali sotiladi. Bu mahsulotlar orasida chigit mahsulotining ham borligi kishini quvontiradi. Biz bugun sizlar uchun yurtimizda eng xaridorgir mahsulotlardan biri sanalgan paxta yog’i ishlab chiqarish liniyasi haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz. Sizlarga quyida tavsiya etadigan liniyamizda siz iste’mol uchun yaroqli bo’lgan paxta yog’i ishlab chiqarishingiz mumkin bo’ladi.

  • Plastik savatchalar ishlab chiqarish

    Bilasizmi ?! Har yili Yurtimizda 3 million tonnadan ortiq meva va sabzavotlar yetishtiriladi, shundan 1 million tonnadan ortiq qismi eksport qilinadi. Jahon bozorida mahsulotlarimizga bo`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Xo`sh bunday imkoniyatdan qanday foydalanish mumkin? Javob oddiy – “ONE STEP SOLUTION” jamoasi bilan birga Tadbirkorlikni boshlang! Biz Tadbirkorlar uchun doimo yordamga tayyormiz ! Talablardan kelib chiqqan holda bugun sizlarga meva va sabzavotlar uchun plastik savatchalar ishlab chiqarish biznesini taklif etmoqchimiz.

Qo'ng'iroq

Asosiy menyu