• Xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi

    Kundan kun sanitar gigiyenik vositalar savdosi gullab yashnamoqda. Hozirda ko’p mijozlarimiz bizga maklaturadan tualet qog’ozi ishlab chiqarish liniyasini so’rab murojaat etishadi. Albatta bu liniya ham bizda bor va uni sizlarga yetqazib bera olamiz, lekin hozir sizlarga tavsiya etayotgan liniyamiz maklaturadan emas selyuloza rulondan mahsulot chiqarish uchun mo’ljallangan. “ONE STEP SOLUTION” XK sizlarga biror bir uskunani tavsiya etishdan avval rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanishini yana bir eslatib o’tmoqchimiz. Hozirda bizning ichki bozorimiz uchun kerakli bo’lgan xojatxona qog’ozini maklaturadan ishlab chiqaruvchilar xomashyoni chet davlatlardan olib kelish darajasiga borib yetdi. Asosan Rossiya maklatura bilan ta’minlovchi bo’lib turibdi, lekin aqlli tadbirkor o’ziga o’zi savol berishi lozim bo’ladi, ya’ni nega Rossiya davlatining o’zi ularni qayta ishlamaydi degan savol tug’iladi. Buning javobi aniq, Rossiya fuqarolari 100% selyulozadan ishlab chiqarilgan xojatxona qog’ozlarini ma’qul ko’rishmoqda. Hozir bizda ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xaridorlari asosan viloyat markazidan chetroqda joylashgan aholi vakillari tashkil etadi. Lekin yildan yilga ichki bozorimizda xaridorlar orasida selyulozalik salfetka, xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalarga talab ortib bormoqda. Kelajak 3-4 yil ichida bizning 90% aholimiz ushbu mahsulotlardan foydalana boshlaydi. Aholi daromadlari ortishi bilan xaridorlar sifatga qarab harakatlanishi oddiy iqtisodiyot qonuni sanaladi. Keling biz sizlarga yuqori daromadli sohani tanishtirib o’tamiz.

  • Pet tola (sintepon) ishlab chiqarish liniyasi.

    Hozirgi Nou-hau lardan biri bo’lgan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi ko’pchilik e’tiboriga sazovor bo’lgani va O’zbekistonda bunday turdagi liniyalar juda kam ekanligi va boshqa shu turdagi liniyalar esa juda ham qimmat bo’lgani sabab ushbu liniyani sizga taqdim qilmoqchimiz.

    “One Step Solution” XK kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan bu liniya Xitoydagi hamkorlar zavodlarimiz tomonidan maxsus buyurtma asosida tayyorlanmoqda. Bu turdagi analog liniyalarning boshlang’ich narxi esa 600 000$ – 700 000$ ni tashkil qiladi.

    PET idishlar kundan-kunga hayotimizda keng foydalanilmoqda, va ushbu mahsulotlarning chiqindilarini ko’p uchratishimiz mumkin. Xomashyo narxi va tayyor mahsulot narxi o’rtasidagi tafovut 1KG uchun 8 000 – 13 000 so’mni tashkil etadi.

    Tasavvur qiling-a, ekologiyamizga foyda beruvchi ushbu liniya yordamida ko’plab global muammolarni hal qilishingiz va shu bilan birga mo’maygina daromad olishingiz mumkin.

    Ya’ni PET idishlardan olingan ipak kabi tolalarni issiqlik izolyatsiyalari, asfaltobeton qoplamalarda (geotekstil), yumshoq o’yinchoqlarda, sport qoplarida, issiq va maxsus kiyimlarda, suv va havo filtrlarida, neft mahsulotlarini sorbentlashda va eng keng tarqalgani bu yostiqlar va ko’rpa-to’shak mahsulotlarida keng foydalaniladi.

  • Plastik savatchalar ishlab chiqarish

    Bilasizmi ?! Har yili Yurtimizda 3 million tonnadan ortiq meva va sabzavotlar yetishtiriladi, shundan 1 million tonnadan ortiq qismi eksport qilinadi. Jahon bozorida mahsulotlarimizga bo`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Xo`sh bunday imkoniyatdan qanday foydalanish mumkin? Javob oddiy – “ONE STEP SOLUTION” jamoasi bilan birga Tadbirkorlikni boshlang! Biz Tadbirkorlar uchun doimo yordamga tayyormiz ! Talablardan kelib chiqqan holda bugun sizlarga meva va sabzavotlar uchun plastik savatchalar ishlab chiqarish biznesini taklif etmoqchimiz.

  • Plastik idishlar ishlab chiqarish

    Oziq-ovqat sanoatini bugungi kunda bir martalik idishlarsiz tasavvur qilish qiyin, bunday idishlardan foydalanish tobora ommalashib bormoqda. Statistik ma`lumotlarga qaraganda o`sish yillik 10-15 % ni tashkil etmoqda. Hozirgi global pandemiya davrida esa bu o`sish bir necha barobar tezlashishi tabiiy

  • TUXUMLAR UCHUN KARTON QUTI (FLEYKA) ISHLAB CHIQARISH LINIYASI.

    Qadrli kanalimiz foydalanuvchilari “One step solution” XK siz tadbirkorlarga serdaromad sohalardan bo’lgan karton quti (fleyka) ishlab chiqarishni taklif qiladi. Hozirgi kunda yurtimizda parrandachilik tobora rivojlanib bormoqda. Shunday ekan tabiiy ravishda karton qutilarga (fleykalarga) ham talab oshmoqda. Oldinlari parrandachilik biznesi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar tuxumlarni bozorlarga va do’konlarga eltishda ancha qiyinchilikka duch kelardi. Hozir esa bunga yechim karton quti (fleyka)dir. Bu esa tadbirkorlarning ish hajmini yanada oshiradi degani. Bundan tashqari bu liniya yordamida siz meva eksportida hamda kofe idishlari uchun podnoslar va turli xil ichimliklar hafsiz eksplatatsiyasi uchun qutilari ishlab chiqarishingiz mumkin. Ana endi xomashyosiga keladigan bo’lsak bu borada siz hech ham qiyinchilikka duch kelmaysiz. Xomashyo sifatida siz chiqindi kartonlardan foydalanasiz.

     

Qo'ng'iroq

Asosiy menyu