• Makaron ishlab chiqarish liniyasi

    Assalomu-alaykum qadrli saytimiz a’zolari bugun biz sizlarga oziq-ovqat sohasida bozori chaqqon bo’lgan makaron ishlab chiqarish liniyasi haqida ma’lumot berib o’tmoqchimiz.Bugun biz sizlarga taqdim etayotgan makaron ishlab chiqarish liniyasi ixcham liniyalardan hisoblanadi va asosan oilaviy korxonalar va yosh tadbirkorlar uchun ayni muddao.Quyida biz sizlarga har bir uskuna haqida alohida ma’lumot berib o’tamiz.

  • TUXUMLAR UCHUN KARTON QUTI (FLEYKA) ISHLAB CHIQARISH LINIYASI.

    Qadrli kanalimiz foydalanuvchilari “One step solution” XK siz tadbirkorlarga serdaromad sohalardan bo’lgan karton quti (fleyka) ishlab chiqarishni taklif qiladi. Hozirgi kunda yurtimizda parrandachilik tobora rivojlanib bormoqda. Shunday ekan tabiiy ravishda karton qutilarga (fleykalarga) ham talab oshmoqda. Oldinlari parrandachilik biznesi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar tuxumlarni bozorlarga va do’konlarga eltishda ancha qiyinchilikka duch kelardi. Hozir esa bunga yechim karton quti (fleyka)dir. Bu esa tadbirkorlarning ish hajmini yanada oshiradi degani. Bundan tashqari bu liniya yordamida siz meva eksportida hamda kofe idishlari uchun podnoslar va turli xil ichimliklar hafsiz eksplatatsiyasi uchun qutilari ishlab chiqarishingiz mumkin. Ana endi xomashyosiga keladigan bo’lsak bu borada siz hech ham qiyinchilikka duch kelmaysiz. Xomashyo sifatida siz chiqindi kartonlardan foydalanasiz.

     

  • Kimyoviy tozalash (ximchistka) liniyasi

    Hozirda ommalashib borayotgan xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik turlari koʻpchilik eʼtiborni tortmoqda, ammo xizmat koʻrsatish uchun sizning oʻz biznesingiz boʻlishi shart. Odatda xizmat koʻrsatish sohasidagi bizneslar insonlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda vujudga keladi, aynan biz sizga namoyish qilmoqchi boʻlgan liniya aynan hozirda talabchan, bozori chaqqon xizmatlardan biridir. Bu kimyoviy tozalash (ximchistka)liniyasi.

    Bilsangiz raqobat kuchayaveradi, yangidan-yangi texnologiyalar joriy qilinaveradi, lekin yangi texnologiya baribir yutuqqa erishaveradi. Quyida sizga tanishtirib oʻtadigan uskunalarimiz eng soʻnggi texnologiyada ishlab chiqilgan boʻlib, biznesingiz rivoji uchun koʻp yillar xizmat qiladi degan umiddamiz.

    1. Kiyimning faqat dogʻ qisminigina tozalash kerak boʻlgan kiyimlarni dogʻ tozalovchi uskuna yordamida dogʻlar yoʻq qilinadi

  • TIBBIYOT DOKASI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (STERILLANMAGAN)

    Tibbiyot sohasida va har birimiz biror dardga chalinganimizda eng ko’p foydalaniladigan mahsulot bu tibbiyot dokasi hisoblanadi. Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish hozirda yuritimizda yo’lga qo’yilgan bizneslar qatorida. Nega unda sizlar bu liniyani taklif etmoqdasizlar degan fikrda bo’lishingiz tabiiy, ammo bizning kuzatuvchilarimiz yaxshi bilishadiki “ONE STEP SOLUTION” XK doim yangi va kamyob uskunalarni sizga taklif etamiz. Maqsadimiz aniq, sizga ko’p daromad keltiruvchi sohani taklif etish va daromadingiz oshishiga o’z hissamizni qo’shish.


     

  • XOJATXONA QOG’OZI VA QOG’OZ SOCHIQCHALAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Kundan kun sanitar gigiyenik vositalar savdosi gullab yashnamoqda. Hozirda ko’p mijozlarimiz bizga maklaturadan tualet qog’ozi ishlab chiqarish liniyasini so’rab murojaat etishadi. Albatta bu liniya ham bizda bor va uni sizlarga yetqazib bera olamiz, lekin hozir sizlarga tavsiya etayotgan liniyamiz maklaturadan emas selyuloza rulondan mahsulot chiqarish uchun mo’ljallangan. “ONE STEP SOLUTION” XK sizlarga biror bir uskunani tavsiya etishdan avval rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanishini yana bir eslatib o’tmoqchimiz. Hozirda bizning ichki bozorimiz uchun kerakli bo’lgan xojatxona qog’ozini maklaturadan ishlab chiqaruvchilar xomashyoni chet davlatlardan olib kelish darajasiga borib yetdi. Asosan Rossiya maklatura bilan ta’minlovchi bo’lib turibdi, lekin aqlli tadbirkor o’ziga o’zi savol berishi lozim bo’ladi, ya’ni nega Rossiya davlatining o’zi ularni qayta ishlamaydi degan savol tug’iladi. Buning javobi aniq, Rossiya fuqarolari 100% selyulozadan ishlab chiqarilgan xojatxona qog’ozlarini ma’qul ko’rishmoqda. Hozir bizda ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xaridorlari asosan viloyat markazidan chetroqda joylashgan aholi vakillari tashkil etadi. Lekin yildan yilga ichki bozorimizda xaridorlar orasida selyulozalik salfetka, xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalarga talab ortib bormoqda. Kelajak 3-4 yil ichida bizning 90% aholimiz ushbu mahsulotlardan foydalana boshlaydi. Aholi daromadlari ortishi bilan xaridorlar sifatga qarab harakatlanishi oddiy iqtisodiyot qonuni sanaladi. Keling biz sizlarga yuqori daromadli sohani tanishtirib o’tamiz.

  • MIX ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Ko’pgina mijozlarimizning talablariga binoan sizlarga mix ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qar0r qildik. Mix hozirda yurtimizda olib borilayotgan qurilish ishlarida eng xaridorgir qurilish materiallaridan biri sanaladi. Mix ishlab chiqarish biznesi sizga tezda daromadga kirishingizga, hamda mahsulotingiz uchun xaridor topish ishlari oson ekanligi bilan boshqa bizneslarga qaraganda ancha samaraliroq sanaladi. Marhamat quyidagi tavsiya qilgan liniyamiz orqali siz ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

  • MDF ESHIKLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Avvallari qo’li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o’z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnalogiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o’z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko’rishda murakkab ko’ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, boshlang’ich ko’nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo’yamiz. Yog’och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo’lga qo’yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o’lchamda kesib olib, unga mijozga ma’qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o’rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko’ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo’lmagan mebellar yasashni ham yo’lga qo’yishingiz mumkin.

     

  • Qandolat mahsulotlari va non ishlab chiqarish liniyasi

    O’zbek xalqi azaldan nonni e’zozlab keladi. Non va non mahsulotlari, milliy shirinliklarga bizning yurtimizda doim talabgir mahsulotlar hisoblanadi. Bizning One Step Solution XK kompaniyamiz siz azizlarga sifat jihatidan yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishingiz tarafdorimiz va shu sababli non va qandolat mahsulotlarini siz va bizga ancha tanish bo’lgan ananaviy qavatli pechlarda emas, zamonaviy PLC boshqaruv tizimiga asoslangan, yuqori energiya tejamkorligiga ega bo’lgan bo’lgan konveksion pechlarimizni tavsiya qilamiz. Shu bilan bir qatorda siz azizlarga yordamchi uskunalarni ham uzoq muddatli kafolat bilan aynan bizning korxonamizdan sotib olishingiz mumkin.

    Non mahsulotlari yoki pishiriqlar tayyorlash uchun ishni dastlab yaxshilab elab olingan undan xamir tayyorlashdan boshlash maqsadga muvofiq. Biz sizlarga yuqori intellektual boshqaruv tizimiga ega bo’lgan, PLC boshqaruvli xamir qorish uskunalarini keng assortimentda taqdim eta olamiz. Bu ishlar sizga kelgusida mahsulotingiz sifatli chiqishi, xamirning tez tinishiga olib keladi.

    Planetar mikser

    Xamir tayyor bo’lgach uni maxsus stolga olib qoliplash bosqichidan o’tqaziladi. Agar qoliplashni qo’lda bajarishni istamagan mijozlarimiz uchun avtomat qoliplash uskunasini ham buyurtma asosida olib kelish imkonimiz mavjud. Qolipli non ishlab chiqarish hozirgi paytda serdaromad sohalar qatorida turadi, sababi biznesingiz uchun toza ozoda joy ka unchalik katta sarmoya ham talab etilmasligi ko’pchilik uchun foydalidir. Nonlar qoliplab bo’lingach keyingi bosqich ularni yaxshilab tindirish hisoblanadi. Buning uchun bizga quyidagi uskular kerak bo’ladi.

    Xamir tindirish shkafi

    Xamir tindirish jarayoni o’rtacha 25-30 daqiqa vaqt oladi va bu vaqt davomida siz yana qoliplangan xamirlar tayyorlab olish uchun vaqt topiladi. Qoliplangan xamirlar tindirilgandan so’ng ularni pishirish vaqti kamroq bo’ladi va mahsulotingiz sifati ortishiga olib keladi. Bizning tavsiya qilgan liniyada chiqadigan qolipli nonlar Rotatsion pechlar bian sifati bir xil chiqadi, shu sababli sizda sifat bilan muammolar yuzaga kelmaydi.

    Par beruvchi konveksion pech 12 padnosli (PLC boshqaruv paneli)

    Siz yuqoridagi konveksion pechimiz orqali istalgan turdagi qandolat mahsulotlari(tortlar, bulochkalar, kekslar, Xot Dog nonlari va boshqalar) Doka non hamda zarurat tug’ilganda boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Uskuna yuqori texnalogik yutuqlarni o’z ichiga olgan bi’lib siz bir marta pishirish rejimini xotiraga saqlab qo’yish orqali undan takror foydalanish mumkin. Avtomatik par berish funksiyasi sizning mahsulotingiz yuzasi silliq hamda yumshoq chiqishiga xizmat qiladi. Mahsulotingiz sifatli chiqishini Italiya kompaniyasining sifatli havo sirkulyatsion ventilyatorlari kam shovqinli va 200C haroratga chiqish uhcun bor yo’g’i 8-9 daqiqa kifoya qiladi. Qolipli nonlar biznesi bilan shu’g’ullanish istagida bo’lsangiz siz ushbu pechda bir pishirishda 70 dona atrofida bo’ladi. Baton non mahsulotlari uchun sig’im juda qulay, ya’ni bir martada 60 donagacha ishlab chiqarish imkonini beradi. Mahsulot turiga qarab pishirish sikli 25-35 daqiqadan iborat.

    Qo’shimcha jixozlar

    Zanglamas metalldan ishlangan qoliplash jarayonida foydalaniladigan stol

    zanglamas metalldan ishlangan yuvish stoli

    stellaj

    padnos

    Qoliplar

    Eslatma! Tepada keltirilgan narxlar 20.12.2018 sanadagi narxlarga muvofiq ko’rsatilgan va ular o’zgarishi mumkin.

    Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

    Xaridorlar uskunalarini Toshkent shaxridagi omborimizdan yoki Navoiy shaxridagi “One Step Solution”XK do’koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

    (Oʻrnatib berish va O’zbekiston buylab yo’l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

  • PET tola (sintepon) ishlab chiqarish linyasi

     

    Hozirgi Nou-hau lardan biri bo’lgan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi ko’pchilik e’tiboriga sazovor bo’lgani va O’zbekistonda bunday turdagi liniyalar juda kam ekanligi va boshqa shu turdagi liniyalar esa juda ham qimmat bo’lgani sabab ushbu liniyani sizga taqdim qilmoqchimiz.

    “One Step Solution” XK kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan bu liniya Xitoydagi hamkorlar zavodlarimiz tomonidan maxsus buyurtma asosida tayyorlanmoqda. Bu turdagi analog liniyalarning boshlang’ich narxi esa 600 000$ – 700 000$ ni tashkil qiladi.

    PET idishlar kundan-kunga hayotimizda keng foydalanilmoqda, va ushbu mahsulotlarning chiqindilarini ko’p uchratishimiz mumkin. Xomashyo narxi va tayyor mahsulot narxi o’rtasidagi tafovut 1KG uchun 8 000 – 13 000 so’mni tashkil etadi.

    Tasavvur qiling-a, ekologiyamizga foyda beruvchi ushbu liniya yordamida ko’plab global muammolarni hal qilishingiz va shu bilan birga mo’maygina daromad olishingiz mumkin.

    Ya’ni PET idishlardan olingan ipak kabi tolalarni issiqlik izolyatsiyalari, asfaltobeton qoplamalarda (geotekstil), yumshoq o’yinchoqlarda, sport qoplarida, issiq va maxsus kiyimlarda, suv va havo filtrlarida, neft mahsulotlarini sorbentlashda va eng keng tarqalgani bu yostiqlar va ko’rpa-to’shak mahsulotlarida keng foydalaniladi.

    Ushbu illyustratsiyada PET idishdan Sintepon ishlab chiqarish liniyasining ishlash ketma-ketligi aks ettirilgan.

    PET Fiber 250 uskunasi

     

    Linyamiz quydagi qo’shimcha uskunalardan tashkil topgan.

    PET idish (baklashka)larni maydalash uskunasi va kompressor

    Nasos va filtr

    PET tola (sintepon)ni titib berish va rulonlash uskunalari

    PET tola (sintepon) ishlab chiqarish linyasini kompektlashtirilgan summasi

    Eslatma! Tepada keltirilgan narxlar 04.12.2018 sanadagi narxlarga muvofiq ko’rsatilgan va ular o’zgarishi mumkin.

    Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

    Xaridorlar uskunalarini Toshkent shaxridagi omborimizdan yoki Navoiy shaxridagi “One Step Solution”XK do’koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

    (Oʻrnatib berish va O’zbekiston buylab yo’l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

     

  • Paypoq ishlab chiqarish liniyasi

     

    Koʻplab talablar va qiziqishlar tufayli Paypoq ishlab chiqarish liniyasini sizlarga havola etishga qaror qildik. Quyida nima uchun aynan paypoq uskunasining talabchanligi, unga boʻlgan qiziqishlar va uskunalarning xilma-xil turdagi variantlarini taqdim qilamiz.

    “Qish boʻlsin, yoz boʻlsin asosiysi ish boʻlsin“ – deb bekorga aytishmaydi tadbirkorlar . Paypoq ishlab chiqarish liniyasi hech qanday fasl (sezon) tanlamaydi, axir qishda ham yozda ham paypoq kiyishadi! Bozorga kirib olsangiz bas, biznesingiz gullab ketishi aniq.

    “Paypoq xaridorgir boʻlishiga sabab nima?! “ – deb oʻylashingiz tayin, buning uchun koʻp bosh qotirish ham shart emas. Statistika natijalariga qaraganda hozirda insonlar oʻlimiga qaraganda tugʻilish koʻp kuzatilarkan. Bu yangi tugʻilgan chaqaloqdan tortib 80-90 yoshli  insonlar uchun ham paypoq ehtiyoji boʻlishidan dalolat beradi. Shuning uchun ham bozorda paypoqqa boʻlgan talab kundan-kun yuqorilab bormoqda, albatta sifatga boʻlgan talab undan-da yuqori.

    Kuzatgan boʻlsangiz kerak, bozorda sifatsiz paypoqlar koʻp ekanligini?! Bizning uch-xil turdagi uskunamiz va umumiy liniyamiz yordamida bozordagi eng sifatli paypoq turidan da sifatliroq mahsulot yetkazib berishingiz mumkinligiga kafolat beramiz .

    Sizga koʻrsatmoqchi boʻlgan uskunalarimizni sevib qolishingiz mumkin desam mubolagʻa boʻlmaydi. Kimga ham pul yoqmaydi?! Agarda xohlasangiz xomashyolarning ulgurji sotuv joyi bilan, malakali mutaxassislar/texnologlar bilan tanishtirishimiz mumkin. Buning uchun biz bilan bogʻlangan yoki ofisimizga tashrif buyurgan holda konsultatsiya xizmatimizdan foydalanishingiz mumkin. Biz biznesingiz rivoji tarafdorimiz.

    RB-6FTP modelidagi paypoq ishlab chiqarish dastgohi

    FS-6FTP modelidagi paypoq ishlab chiqarish dastgohi

    X-7FTP modelidagi paypoq ishlab chiqarish dastgohi (7 – avlod uskunasi)

    Quyidagilar esa tepada ko’rsatib o’tilgan uskunalar ishlashiga kerakli bo’lgan moslamalar.

    Havo tortish moslamalari

    Overlok dastgohi

    Havo kompressori

    Dazmollash dastgohi

    Paypoq ishlab chiqarish dastgohlar tulari, bir komplektini narxi va 5 komplektini narxi

     

    Uskunalarni o’rnatish va ishlatib berish xizmatlari kelishilgan holda qo’shimcha mablag’ hisobiga amalga oshiriladi.

    To’lov turlari: O’zbekiston Respublikasi pul birligi-so’mda naqd, elektron karta va pul o’tkazish yo’li bilan qabul qilinadi.Shuningdek mijozlarimizning hisob raqamlarida o’zlaringiz yoki Bankdan kredit ko’rinishida olingan AQSH valyutalari bo’lsa, Xitoy xalq Respublikasidagi korxonalar bilan to’g’ridan to’g’ri shartnoma hamda akkreditiv shartnomalarini rasmiylashtirib beramiz!

    Eslatma: Barcha yuqorida keltirilgan uskunalar narxlari (28.11.2018) kuni dolar kurisi buyicha hisoblanga va naloglar foiziga nisbatan uskunalar narxi uzgarishi mumkin.

Qo'ng'iroq

Asosiy menyu