-
xo’jalik qo`lqoplari ishlab chiqarish uskunasi
Yurtmizda bunyodkorlik ishlari tobora keng quloch yoymoqda. Yangi binolar, ko’p qavatli turar-joylar madaniy-maishiy obyektlar qad rostlamoqda, tekis-ravon yo’llar, muxtasham va ko’rkam ko’priklar jadal sur’atlarda ko’paymoqda. Albatta bu bunyodkorlik ishlari yurtimizdagi mehnatkash ustalarimizning mashaqqatli mehnatlari evaziga barpo bo’lmoqda. Qish-u, yozda davom etayotgan qurilish ishlarida xo’jalik qo’lqoplari ustalarning eng zarur ximoya vositalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek ish qo’lqoplaridan nafaqat qurilish ishlarida, balki xo’jalikning boshqa yumushlarida ham keng foydalanilmoqda. Shuning uchun xo’jalik qo’lqoplariga talab borgan sari ortib bormoqda.
14,000$ -
Ultratovushli qavish va tikuv uskunalari
Assalomu-alaykum qadrli kanalimiz a’zolari bugun ONE STEP SOLUTION XK sizlarga ultratovushli qavish va tikuv uskunalarini taqdim etadi.Har bir sohada bo’lgani kabi tekstil sohasida ham rivojlanish sezilarli darajada bo’lmoqda.Ayniqsa qavilgan mahsulotlarga bo’lgan talab yurtimizda ancha yuqori hisoblanadi.Ushbu qavilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ananaviy qavish dastgohlari va zamonaviy qavish dastgohlaridan foydalaniladi. Ananaviy dastgohlar qavishni ip yordamida bajaradi va bunday ishlab chiqarish jarayoni ayrim kamchiliklardan holi emas.Quyida sizlarga yangi ultratovushli va ananaviy ip bilan qavishni o’zaro taqqoslab ko’ramiz.
28,000$ -
Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish liniyasi (sterillanmagan).
Tibbiyot sohasida va har birimiz biror dardga chalinganimizda eng ko’p foydalaniladigan mahsulot bu tibbiyot dokasi hisoblanadi. Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish hozirda yuritimizda yo’lga qo’yilgan bizneslar qatorida. Nega unda sizlar bu liniyani taklif etmoqdasizlar degan fikrda bo’lishingiz tabiiy, ammo bizning kuzatuvchilarimiz yaxshi bilishadiki “ONE STEP SOLUTION” XK doim yangi va kamyob uskunalarni sizga taklif etamiz. Maqsadimiz aniq, sizga ko’p daromad keltiruvchi sohani taklif etish va daromadingiz oshishiga o’z hissamizni qo’shish.
14,500$ -
X-7FTP modelidagi paypoq ishlab chiqarish uskunasi (7-avlod dastgohi)
- Ishlab chiqaruvchi: Xitoy
- Ignalar soni: 84-200 (xaridor tanloviga ko`ra)
- To`qish tezligi: 300-360rpm
- Displey turi: LCD touchscreen
- O’lchami: 1500*1200.2400mm
- Silindr o’lchami: 3.75′
- Motor turi: Invertor+Turbo function 380v / 50HZ / 2Kw/s
- To’qish turlari: Yozgi / Qishgi
- Kunlik ish hajmi: 250-320 juft / bir kun
- Dizayn funksiyalari: 3D / Selected terry / Jacquard
- Qo’shimcha qulayliklari: Ip uzilganini aniqlash / Xatolikda pauza
4,950$ -
FS-6FTP modelidagi paypoq ishlab chiqarish dastgohi
- Ishlab chiqaruvchi: Xitoy
- Ignalar soni: 84-200 (xaridor tanloviga ko`ra)
- To`qish tezligi: 300-350rpm
- Displey turi: LCD touchscreen
- O’lchami: 1500*1200.2400mm
- Silindr o’lchami: 3.75′
- Motor turi: Stepper 380v / 50HZ / 1.7Kw/s
- To’qish turlari: Yozgi / Qishgi
- Kunlik ish hajmi: 220-300 juft / bir kun
- Dizayn funksiyalari: 3D / Selected terry / Jacquard
4,700$ -
RB-6FTP modelidagi paypoq ishlab chiqarish dastgohi
- Ishlab chiqaruvchi: Xitoy
- Ignalar soni: 84-200 (xaridor tanloviga ko`ra)
- To`qish tezligi: 250-300rpm
- Displey turi: LCD
- O’lchami: 1500*1200.2400mm
- Silindr o’lchami: 3.75′
- Motor turi: Stepper 380v / 50HZ / 1.1Kw/s
- To’qish turlari: Yozgi / Qishgi
- Kunlik ish hajmi: 180-220 juft / bir kun
3,400$ -
Paypoq ishlab chiqarish liniyasi
Koʻplab talablar va qiziqishlar tufayli Paypoq ishlab chiqarish liniyasini sizlarga havola etishga qaror qildik. Quyida nima uchun aynan paypoq uskunasining talabchanligi, unga boʻlgan qiziqishlar va uskunalarning xilma-xil turdagi variantlarini taqdim qilamiz.
“Qish boʻlsin, yoz boʻlsin asosiysi ish boʻlsin“ – deb bekorga aytishmaydi tadbirkorlar 😊. Paypoq ishlab chiqarish liniyasi hech qanday fasl (sezon) tanlamaydi, axir qishda ham yozda ham paypoq kiyishadi! Bozorga kirib olsangiz bas, biznesingiz gullab ketishi aniq.
“Paypoq xaridorgir boʻlishiga sabab nima?! 😳“ – deb oʻylashingiz tayin, buning uchun koʻp bosh qotirish ham shart emas. Statistika natijalariga qaraganda hozirda insonlar oʻlimiga qaraganda tugʻilish koʻp kuzatilarkan. Bu yangi tugʻilgan 👶 chaqaloqdan tortib 80-90 yoshli 👴 insonlar uchun ham paypoq ehtiyoji boʻlishidan dalolat beradi. Shuning uchun ham bozorda paypoqqa boʻlgan talab kundan-kun yuqorilab bormoqda, albatta sifatga boʻlgan talab undan-da yuqori.
Kuzatgan boʻlsangiz kerak, bozorda sifatsiz paypoqlar koʻp ekanligini?! Bizning uch-xil turdagi uskunamiz va umumiy liniyamiz yordamida bozordagi eng sifatli paypoq turidan da sifatliroq mahsulot yetkazib berishingiz mumkinligiga kafolat beramiz 💯.
Sizga koʻrsatmoqchi boʻlgan uskunalarimizni sevib qolishingiz mumkin desam mubolagʻa boʻlmaydi. Kimga ham pul yoqmaydi?! Agarda xohlasangiz xomashyolarning ulgurji sotuv joyi bilan, malakali mutaxassislar/texnologlar bilan tanishtirishimiz mumkin. Buning uchun biz bilan bogʻlangan yoki ofisimizga tashrif buyurgan holda konsultatsiya xizmatimizdan foydalanishingiz mumkin. Biz biznesingiz rivoji tarafdorimiz.
5,600$