• Metallga naqshinkor ishlov berish uskunalari

    Metallarga ishlov berish kasbi qadimdan rivojlanib kelayotgan kasb bo’lib, jumladan ushbu kasb juda murakkab bo’lib. Ushbu kasb egalaridan metin iroda , sabr , kuch va asosiysi yillar davomida to’plangan tajriba talab qilgan. Bugungi kunga kelib “One Step Solution”XK si sizlarga bu kasb egalarini ancha ishini yengillashtirib, ish hajmini va sifatini oshirib bera oladigan uskunalarni sizning e’tiboringizga namoyon qiladi …

  • xo’jalik qo`lqoplari ishlab chiqarish uskunasi

    Yurtmizda bunyodkorlik ishlari tobora keng quloch yoymoqda. Yangi binolar, ko’p qavatli turar-joylar madaniy-maishiy obyektlar qad rostlamoqda, tekis-ravon yo’llar, muxtasham va ko’rkam ko’priklar jadal sur’atlarda ko’paymoqda. Albatta bu bunyodkorlik ishlari yurtimizdagi mehnatkash ustalarimizning mashaqqatli mehnatlari evaziga barpo bo’lmoqda. Qish-u, yozda davom etayotgan qurilish ishlarida xo’jalik qo’lqoplari ustalarning eng zarur ximoya vositalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek ish qo’lqoplaridan nafaqat qurilish ishlarida, balki xo’jalikning boshqa yumushlarida ham keng foydalanilmoqda. Shuning uchun xo’jalik qo’lqoplariga talab borgan sari ortib bormoqda.

  • Ultratovushli qavish va tikuv uskunalari

    Assalomu-alaykum qadrli kanalimiz a’zolari bugun ONE STEP SOLUTION XK sizlarga ultratovushli qavish va tikuv uskunalarini taqdim etadi.Har bir sohada bo’lgani kabi tekstil sohasida ham rivojlanish sezilarli darajada bo’lmoqda.Ayniqsa qavilgan mahsulotlarga bo’lgan talab yurtimizda ancha yuqori hisoblanadi.Ushbu qavilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ananaviy qavish dastgohlari va zamonaviy qavish dastgohlaridan foydalaniladi. Ananaviy dastgohlar qavishni ip yordamida bajaradi va bunday ishlab chiqarish jarayoni ayrim kamchiliklardan holi emas.Quyida sizlarga yangi ultratovushli va ananaviy ip bilan qavishni o’zaro taqqoslab ko’ramiz.

  • TUXUMLAR UCHUN KARTON QUTI (FLEYKA) ISHLAB CHIQARISH LINIYASI.

    Qadrli kanalimiz foydalanuvchilari “One step solution” XK siz tadbirkorlarga serdaromad sohalardan bo’lgan karton quti (fleyka) ishlab chiqarishni taklif qiladi. Hozirgi kunda yurtimizda parrandachilik tobora rivojlanib bormoqda. Shunday ekan tabiiy ravishda karton qutilarga (fleykalarga) ham talab oshmoqda. Oldinlari parrandachilik biznesi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar tuxumlarni bozorlarga va do’konlarga eltishda ancha qiyinchilikka duch kelardi. Hozir esa bunga yechim karton quti (fleyka)dir. Bu esa tadbirkorlarning ish hajmini yanada oshiradi degani. Bundan tashqari bu liniya yordamida siz meva eksportida hamda kofe idishlari uchun podnoslar va turli xil ichimliklar hafsiz eksplatatsiyasi uchun qutilari ishlab chiqarishingiz mumkin. Ana endi xomashyosiga keladigan bo’lsak bu borada siz hech ham qiyinchilikka duch kelmaysiz. Xomashyo sifatida siz chiqindi kartonlardan foydalanasiz.

     

  • Kimyoviy tozalash (ximchistka) liniyasi

    Hozirda ommalashib borayotgan xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik turlari koʻpchilik eʼtiborni tortmoqda, ammo xizmat koʻrsatish uchun sizning oʻz biznesingiz boʻlishi shart. Odatda xizmat koʻrsatish sohasidagi bizneslar insonlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda vujudga keladi, aynan biz sizga namoyish qilmoqchi boʻlgan liniya aynan hozirda talabchan, bozori chaqqon xizmatlardan biridir. Bu kimyoviy tozalash (ximchistka)liniyasi.

    Bilsangiz raqobat kuchayaveradi, yangidan-yangi texnologiyalar joriy qilinaveradi, lekin yangi texnologiya baribir yutuqqa erishaveradi. Quyida sizga tanishtirib oʻtadigan uskunalarimiz eng soʻnggi texnologiyada ishlab chiqilgan boʻlib, biznesingiz rivoji uchun koʻp yillar xizmat qiladi degan umiddamiz.

    1. Kiyimning faqat dogʻ qisminigina tozalash kerak boʻlgan kiyimlarni dogʻ tozalovchi uskuna yordamida dogʻlar yoʻq qilinadi

  • TIBBIYOT DOKASI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (STERILLANMAGAN)

    Tibbiyot sohasida va har birimiz biror dardga chalinganimizda eng ko’p foydalaniladigan mahsulot bu tibbiyot dokasi hisoblanadi. Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish hozirda yuritimizda yo’lga qo’yilgan bizneslar qatorida. Nega unda sizlar bu liniyani taklif etmoqdasizlar degan fikrda bo’lishingiz tabiiy, ammo bizning kuzatuvchilarimiz yaxshi bilishadiki “ONE STEP SOLUTION” XK doim yangi va kamyob uskunalarni sizga taklif etamiz. Maqsadimiz aniq, sizga ko’p daromad keltiruvchi sohani taklif etish va daromadingiz oshishiga o’z hissamizni qo’shish.


     

  • XOJATXONA QOG’OZI VA QOG’OZ SOCHIQCHALAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Kundan kun sanitar gigiyenik vositalar savdosi gullab yashnamoqda. Hozirda ko’p mijozlarimiz bizga maklaturadan tualet qog’ozi ishlab chiqarish liniyasini so’rab murojaat etishadi. Albatta bu liniya ham bizda bor va uni sizlarga yetqazib bera olamiz, lekin hozir sizlarga tavsiya etayotgan liniyamiz maklaturadan emas selyuloza rulondan mahsulot chiqarish uchun mo’ljallangan. “ONE STEP SOLUTION” XK sizlarga biror bir uskunani tavsiya etishdan avval rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanishini yana bir eslatib o’tmoqchimiz. Hozirda bizning ichki bozorimiz uchun kerakli bo’lgan xojatxona qog’ozini maklaturadan ishlab chiqaruvchilar xomashyoni chet davlatlardan olib kelish darajasiga borib yetdi. Asosan Rossiya maklatura bilan ta’minlovchi bo’lib turibdi, lekin aqlli tadbirkor o’ziga o’zi savol berishi lozim bo’ladi, ya’ni nega Rossiya davlatining o’zi ularni qayta ishlamaydi degan savol tug’iladi. Buning javobi aniq, Rossiya fuqarolari 100% selyulozadan ishlab chiqarilgan xojatxona qog’ozlarini ma’qul ko’rishmoqda. Hozir bizda ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xaridorlari asosan viloyat markazidan chetroqda joylashgan aholi vakillari tashkil etadi. Lekin yildan yilga ichki bozorimizda xaridorlar orasida selyulozalik salfetka, xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalarga talab ortib bormoqda. Kelajak 3-4 yil ichida bizning 90% aholimiz ushbu mahsulotlardan foydalana boshlaydi. Aholi daromadlari ortishi bilan xaridorlar sifatga qarab harakatlanishi oddiy iqtisodiyot qonuni sanaladi. Keling biz sizlarga yuqori daromadli sohani tanishtirib o’tamiz.

  • MIX ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Ko’pgina mijozlarimizning talablariga binoan sizlarga mix ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qar0r qildik. Mix hozirda yurtimizda olib borilayotgan qurilish ishlarida eng xaridorgir qurilish materiallaridan biri sanaladi. Mix ishlab chiqarish biznesi sizga tezda daromadga kirishingizga, hamda mahsulotingiz uchun xaridor topish ishlari oson ekanligi bilan boshqa bizneslarga qaraganda ancha samaraliroq sanaladi. Marhamat quyidagi tavsiya qilgan liniyamiz orqali siz ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

  • MDF ESHIKLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

    Avvallari qo’li gul ustalar qilgan ishlardan hayratga tushar edik, hozirga kelib usta hunarmandlarimiz o’z mehnatini yengillatish bilan birga, uni sifatli qilish uchun zamonaviy texnalogiyalarga murojaat qilmoqdalar. Zamonaviy uskunalar sizning ishingizni sifatli, bexato va o’z muddatida qilishingizni kafolatlaydi. Bir ko’rishda murakkab ko’ringan ushbu uskunalarni boshqarish esa unchalik qiyin ish emas. Uskunalarimiz kompyuterlashgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, boshlang’ich ko’nikmalar bilan sizlarni tanishtirib qo’yamiz. Yog’och eshiklarni kun sayin Aluminiy profildan qilingan hamda MDF eshiklar egallab bormoqda. Bunday sharoitda sizda ham ushbu biznesni yo’lga qo’yish orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoni bor. MDF panellar tayyor holatda sotiladi va ularni kerakli o’lchamda kesib olib, unga mijozga ma’qul keladigan naqsh tushiriladi, issiq press yordamida qavatlar bir biriga mustahkamlanadi, mahsulot laklanadi hamda oxirgi bosqichda unga qulf o’rnatish uchun teshikchalar ochiladi. Ishlab chiqarish jarayoni bir qarashda oddiy ko’ringani bilan yaxshi mahsulot ishlab chiqarish sizdan yaxshigina dizaynerlik qobiliyatini va mehrni talab etadi. Biz taklif qiladigan uskunalar yordamida siz murakkab bo’lmagan mebellar yasashni ham yo’lga qo’yishingiz mumkin.

     

  • Muzqaymoq Frezer dastgohi PRE-COOLING tizimi bilan (Italiya texnalogiasi220v)

    Kunlar isiy boshlashi bilan kishilarning salqinlashtiruvchi mahsulotlarga (muzqaymoq, salqin ichimliklar) talabi keskin oshib ketadi. Shu o’rinda yosh tadbirkorlarimiz uchun ajoyib biznes turlaridan biri bu quyma muzqaymoq biznesidir. Ushbu biznes mavsumiy bo’lishiga qaramasdan juda serdaromad biznes hisoblanadi. Ushbu biznes bilan siz bemalol bir yilda 7-8 oy ishlashingiz mumkin. Muzqaymoq biznesi eng rentabelli bizneslar sirasiga kirishini hech kim inkor etmaydi va bu ko’rsatgich sizga tikkan pulingizni 300% gacha qaytib kelishini ta’minlaydi. Eng muhimi sizda risk juda kam bo’ladi. Har qanday biznesni boshlab olish avvalo tavakkalchilikka asoslangan bo’ladi, shuni inobatga olib ushbu biznesda sizning tavakkalga tikkan summangiz kichikligi va uni eplay olmagan taqdiringizda ham uskunani boshqa birovga tez sota olishingizdadir. Yosh va endi biznesga kirayotgan tadbirkorlar eng avvalo o’zidagi mablag’ni yo’qotishdan qo’rqishadi. Bizning “One Step Solution” XK kompaniyamiz sizga 30 dan oshiq ishlab chiqaruvchilar orasidan eng sifatli, bizning iqlim sharoitlarimizga har tomonlama mos keadigan, yozning issiq kunlarida bemalol ochiq havoda ishlash mumkin bo’lgan, import kompressorga ega frezerni tanladik. Bizning muzqaymoq frezerimiz boshqa uskunalardan nimasi bilan farqlanadi?

    • 220v 50 Hz kuchlanishda ishlaydi. (Bu sizga har qanday joyda ishlash imkonini beradi va tok sarfi xarajatlaringizni tejaydi.
    • Full stainless steel body ya’ni to’liq zanglamas metalldan ishlangan bo’lib, sizga uzoq ximat qilishni ta’minlaydi hamda qismlar karroziyaga uchramaydi.
    • LCD panelli boshqaruv tizimi (hamma jarayonni ekrandan kuzatish imkonini beradi)
    • PRE-COOLING tizimi o’rnatilgan maxsus buyurtma asosida. Bu tizim bizning iqlim sharoitimizda juda zarur hisoblanadi, ya’ni bu tizim orqali siz sutli smes saqlanadigan bo’lmani ham sovutish imkoniga ega bo’lasiz. Bu esa o’z navbatida jazirama kunlardan bo’lmadagi smesni aynib qolish xavfini yo’qotadi. Ba’zi hollarda muzqaymoqdan kimdir zaharlanibdi degan gaplar quloqqa chalinadi, sizda esa bunday nohushliklar yuz bermaydi.
    • Easy Move ya’ni maxsus g’ildirakalar yordamida siz uskunani bir o’zingiz boshqalar yordamisiz bir joydan ikkinchi joyga o’tqaza olasiz.
    • Italian ultra silent compressor ushbu kompressor sizning muzqaymog’ingiz tez tayyor bo’lishi va kuchli sovutish tizimi uchun mas’uldir. Shuningdek ushbu kompressor ekalogiyaga salbiy ta’siri eng kam deb hisoblanadigan R404A freonda ishlaydi. Kompressor ishlagandan uning shovqini atrofga deyarli eshitilmaydi.
    • Uskuna vaqt o’tishi oqibatida rezina salniklaridan ayrim mijozlar shikoyat qilishadi. Biz esa sizlarning ushbu talabingizni inobatga olib unga zahira salniklar bepul taqdim etamiz.
    • Muzqaymoq quyib berish uchun maxsus ushlagichlar har doimgi plastik o’rniga SS304 zanglamas metalldan ishlangan. Bu esa issiq kunlarda ularning rangi sarg’ayishidan, mo’rt bo’lib qolishi kabi salbiy oqibatlardan holi.
    • Ingliz tilida foydalanish yo’riqnomasi xaridor uchun mustaqil holatda yengil tuzatishlarni amalga oshirishda yaqin ko’makchi bo’la oladi.

    NARXI: 1700$ (Narxga QQS kiritilmagan)

     

    Yuqorida keltirilgan Narxlar QQS siz 08.01.2019 sanadagi narxlarga muvofiq korsatilgan va ular o’zgarishi mumkin

    Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

    Xaridorlar uskunalarini Toshkent shaxridagi omborimizdan yoki Navoiy shaxridagi “One Step Solution”XK do’koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

    (Oʻrnatib berish va O’zbekiston buylab yo’l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

     

  • Ikki arrali kesish dastgohi

    • ishlab chiqarilgan:   Xitoy
    • Dastgohning ish maydoni:   3000/3200/3800mm
    • Max kesish balandligi:   75mm
    • Arraning og’ish burchagi:   0-45′
    • Arraning diametri:   300mm
    • Kichik arra diametri:   120mm
    • Katta arra tezligi:   4500-6000rpm
    • Kichik arra tezligi:   6000-8000rpm
    • Shpindel diametri:   30mm
    • Kichik shpindel diametri:   20mm
    • Asosiy motor:   5,5 kw
    • Kichik motor:   0,7 kw
    • Kuchlanish:   380v/50hz 3 faza
    • Materiallar:   MDF, LDSP, DSP

Qo'ng'iroq

Asosiy menyu