Bug’doy uni ishlab chiqarish liniyasi

228,000$

In stock

ONE STEP SOLUTION jamoasi Siz azizlarga bir-biridan foydali biznes loyihalar taqdim etishdan aslo charchamaydi! Bugun biz Sizlarga bug`doy uni ishlab chiqarish biznesi va uskunalarini taqdim etamiz.

Taqoslash

Unning bozordagi talab miqdori barchamizga ma`lum. Non xalqimizda baraka ramzi hisoblanadi. Kundalik hayotimizni nonsiz tasavvur qilib bo`lmaydi, nonni esa unsiz !

Yurtimizda ko`plab sohalar qatori qishloq xo`jaligi sohasida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda, jumladan 2019-yil 14 oktyabrda O`zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O`zbekiston Don-Un bozorida ijobiy o`zgartirish kiritildi. Qarorga muvofiq endi don va un mahsulotlari bozor tamoyillari asosida birja orqali erkin savdoda sotiladi.

Yurtimizda yaqin vaqtgacha bug`doy uni faqat katta-katta fabrikalarda tayyorlanardi. Sababi elektron tegirmonlarning narxi juda baland, hajmi esa juda katta bo`lardi. Bugun sizga taqdim etmoqchi bo`lgan liniyamiz hajmi nisbatan kichikroq bo`lishiga qaramasdan mahsulot sifati katta fabrikalarnikidan aslo qolishmaydi, narxi xam hamyonbop !

Ushbu liniyalarimiz 40 dan ortiq turdagi uskuna va detallar jamlanmasi bo`lib, un ishlab chiqarish jarayonining barcha ya`ni bug`doyni tozalash, saralash, yuvish, quritish, kukun darajasida maydalash, navlarga ajratish, o`lchash, qadoqlash kabi vazifalarini bajaradi.

Liniyalarimizni ishlab chiqarish quvvatiga qarab hozircha 3 turda taqdim etamiz

Liniyalarimizning samaradorlik darajasi bir xil bo`lib faqat ishlab chiqarish hajmi va quvvati bilan farqlanadi.

Samaradorlik – 1 tonna bug`doydan tayyor un olish

Oliy nav – 68/70 %

1-nav 70/72%

2 nav 80/82%

BIZNES REJA: 50 TONNALIK LINIYA MISOLIDA

Bug`doyning mahalliy navlari ichida 2 klass, import (Qozog`iston) navlari ichida 3 klassi un ishlab chiqarish uchun eng maqbul navlar hisoblanadi. Un navlari ichida esa eng talab yuqori nav 1- nav hisoblanadi. Shundan kelib chiqib biznes rejamizni yuqoridagi bug`doy va un navlari kesimida, 50 tonnalik liniya misolida ko`rib chiqamiz.

Ushbu liniya sutka (24 soat) davomida 50 000 kg bug`doyni qayta ishlash quvvatiga ega, keling biz ishlab chiqarishni 16 soatlik rejimda tashkil etamiz. Ish kunini 26 kun etib belgilaymiz ( yakshanba dam olish kuni)

Demak 16 soatda 33 500 kg bug`doyni qayta ishlay olamiz, bu 23500 kg un va 10 000 kg bug`doy kepagi demakdir.

Uskunalarni ishlatish uchun 5 kishi kifoya, 2 smenada (8 soatdan) jami 10 kishini ish bilan ta`minlaysiz.

Daromadlar: 1 oylik

Un / 1 nav: 23500 kg * 26 kun = 611 000 kg

611 000 kg * 2850 so`m (Birjada 1 kg 1-navli unning ulgurji narxi)

= 1 741 350 000 so`m

Bug`doy kepagi: 10 000 kg * 26 = 260 000 kg

260 000 kg * 1650 (1 kg kepakning ulgurji narxi)

=429 000 000 so`m

jami: 2 170 350 000 so`m

Xarajatlar: 1 oylik

Bug`doy: 33500kg * 26 kun = 871 000 kg / 1 oylik jami ishlatiladigan bug`doy

871 000 kg * 2050 so`m ( 3 – klass Qozog`iston bug`doyining ulgurji narxi)

=1 785 550 000 so`m

Elektr energiyasi: 140 kw * 16 soat= 2240 kw * 26 kun = 58240 kw / 1 oylik elektr sarfi

58240 kw* 450 so`m (yuridik shaxlar uchun 1 kw elektr energiya narxi)

= 26 208 000

Ish haqi : 1 kishiga o`rtacha 1 020 000 so`mdan (eng kam ish haqining 1.5 barobari)

10 kishiga jami : 10 200 000

Un qopi: 12000 dona (600 tonna unni qadoqlash uchun)

12000 * 800 (pp qopning donasi uchun ulgurji narxi)

=9 600 000 so`m

Soliq va transport harajatlari : oylik daromadning 6% miqdorida

=130 221 000 so`m

Jami: 1 961 779 000 so`m

FOYDA

OYLIK: 208 571 000 so`m

YILLIK: 2 502 852 000 so`m

Loyihaning o`zini oqlash davri: 6 oy !

15 tonnalik liniya – narxi: 41 000 $

30 tonnalik liniya – narxi: 53 700 $

50 tonnalik liniya narxi – 134 000 $

Yuqorida keltirilgan narxlar QQS siz, 23.03.2020 sanasiga muvofiq ko’rsatilgan va ular o`zgarishi mumkin !

Toʻlovlarni bankdagi xisob raqamlarimiz – (soʻm / chet el valyutasi), milliy yoki xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud !

Uskunalarni Toshkent yoki Navoiy shahridagi omborlarimizdan qabul qilib olishingiz mumkin!

(Oʻrnatib berish va O’zbekiston bo’ylab yo’l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

“ONE STEP SOLUTION” – BIZ BIZNESINGIZ RIVOJI TARAFDORIMIZ !

Murojaat uchun:

Direktor: Ulug’bek Xolmurodov

+99 8 94 225 00 08

Savdo agenti: Firdavs Fayzullayev

+99 8 93 344 04 04

Savdo agenti: Nodirbek Murodov

+99894 484 00 08

Savdo agenti: Yodgor Abdullayev

+99891 337 08 00

Sayt: https://dastgoh.uz

Email: trade.china1@bk.ru

Telegram kanal: https://t.me/OSS_uz

Manzil: Navoiy shahar, A.Navoiy ko’chasi, 46 uy

Moʻljal: Istiqlol to’yxonasi ro’parasida. 

Submit your review

Reviews

There are no reviews yet.

Qo'ng'iroq

Asosiy menyu

Bug'doy uni ishlab chiqarish liniyasi

228,000$

Add to Cart