Kimyoviy tozalash (ximchistka) liniyasi

26,500$

Нет в наличии

Hozirda ommalashib borayotgan xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik turlari koʻpchilik eʼtiborni tortmoqda, ammo xizmat koʻrsatish uchun sizning oʻz biznesingiz boʻlishi shart. Odatda xizmat koʻrsatish sohasidagi bizneslar insonlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda vujudga keladi, aynan biz sizga namoyish qilmoqchi boʻlgan liniya aynan hozirda talabchan, bozori chaqqon xizmatlardan biridir. Bu kimyoviy tozalash (ximchistka)liniyasi.

Bilsangiz raqobat kuchayaveradi, yangidan-yangi texnologiyalar joriy qilinaveradi, lekin yangi texnologiya baribir yutuqqa erishaveradi. Quyida sizga tanishtirib oʻtadigan uskunalarimiz eng soʻnggi texnologiyada ishlab chiqilgan boʻlib, biznesingiz rivoji uchun koʻp yillar xizmat qiladi degan umiddamiz.

1. Kiyimning faqat dogʻ qisminigina tozalash kerak boʻlgan kiyimlarni dogʻ tozalovchi uskuna yordamida dogʻlar yoʻq qilinadi

Taqoslash

2. Kiyim turiga qarab yuvish uskunasi tanlanadi. Masalan: 5KG gacha boʻlgan, kimyoviy tozalashga ruxsat etilgan kiyimlar – Gidrokarbon (Hydracarbon dry cleaning) kimyoviy tozalash uskunasida yuviladi, yoki 5KG dan ogʻir boʻlgan va kimyoviy tozalashga tavsiya qilinmaydigan kiyimlar va boshqa mato turlari – Akvatozalash uskunasi yordamida yuviladi.

3. Yuvilgan kiyimlar issiq havo purkash orqali quritish uskunasi yordamida yaxshilab quritiladi.

4. Kiyim turiga qarab dazmol turi tanlanib, maxsus aravacha yordamida dazmollash uskunasi yoniga keltiriladi.

5. Universal dazmollash uskunasi har qanday turdagi kiyim va mato turlari uchun mo’ljallangan. Universal dazmol Parlovchi uskunaga ulangan holda qo’l dazmoli yordamida ishlaydi.

6. Kostyum/Ko’ylak shaklida dazmollovchi uskuna ham parlovchi uskunaga ulangan holda manekenga kiydirilgan kiyim ichidan par bergan holda kiyimning g’ijimlarini to’g’irlaydi. Bu jarayonni universal dazmollash uskunasi yordamida ham qilish mumkin, ammo ko’p vaqt va mehnat sarflangani bois manekenli dazmollash maqsadga muvofiq. Yana bir qulaylik tarafi u kiyimning ichki tarafidan par berish orqali dazmollaydi va mijoz kiyimlarini uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlaydi.

7. Dog’ tozalash, yuvish, dazmollash jarayonlaridan o’tgan kiyimlar chang tegmasligi va yana kirlanmasligi uchun paket qoplovchi uskuna yordamida polietilen sellofanga o’rab qo’yiladi.

8. Paketga o’ralgan kiyimlar ilgakli osma konveyerga osib qo’yiladi va xaridor kelgan paytda toza kiyimlar o’zi harakatlanuvchi konveyer yordamida orasidan olib beriladi.

9. Par beruvchi uskuna tepada ko’rsatilgan dazmollash jarayonidagi uskunalarning ishlashi uchun par yetkazib beradi.

Quyida esa sizga Kimyoviy tozalash liniyasining 3D ko’rinishini havola qilamiz:

Hurmatli mijoz! Sizlarning talablaringizga yana muvofiq takliflar berishni reja qilganmiz, shu munosabat bilan sizlarga tepada tanishtirib oʻtilgan liniyaning ixchamroq versiyasini taqdim qilmoqchimiz:

Izoh:

Yuvish jarayonida ishlatiladigan kimyoviy qoʻshimchalar haqida uskunalarni oʻrnatuvchi texnolog injener batafsil xaridorga maʼlumot yetkazadi.

Yuqorida keltirilgan Narxlar QQS siz 08.01.2019 sanadagi narxlarga muvofiq korsatilgan va ular o’zgarishi mumkin

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent shaxridagi omborimizdan yoki Navoiy shaxridagi “One Step Solution”XK do’koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O’zbekiston buylab yo’l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

 

Submit your review

Reviews

There are no reviews yet.

Qo'ng'iroq

Asosiy menyu

Kimyoviy tozalash (ximchistka) liniyasi

26,500$

Add to Cart