Makaron ishlab chiqarish liniyasi

8,600$

In stock

Assalomu-alaykum qadrli saytimiz a’zolari bugun biz sizlarga oziq-ovqat sohasida bozori chaqqon bo’lgan makaron ishlab chiqarish liniyasi haqida ma’lumot berib o’tmoqchimiz.Bugun biz sizlarga taqdim etayotgan makaron ishlab chiqarish liniyasi ixcham liniyalardan hisoblanadi va asosan oilaviy korxonalar va yosh tadbirkorlar uchun ayni muddao.Quyida biz sizlarga har bir uskuna haqida alohida ma’lumot berib o’tamiz.

Taqoslash

Ushbu uskuna o’zida xamir tayyorlash qismi hamda makaron mahsulotini siqib chiqarish qismlarini o’zida jamlagan bo’lib, quvvati 40 kg soatgacha yetadi. Ko’p hollarda chiqargan mahsulotingiz unumdorligi siz ishlab chiqarishda tanlagan qolip shakliga ko’proq bog’liq sanaladi, chunki hamma makaron mahsulotlari ham bir xil vaznga va hajmga ega emas. Ushbu uskunaga siz xoxlagan 2 xil ko’rinishdagi makaron qoliplarini qo’shib beramiz. Qo’shimcha qoliplarni buyurtma orqali olib kelib beramiz.

Konveyer lentasi ekstruderdan chiqqan mahsulotni par berish orqali yuza qismini silliqlashtirib berish uchun xizmat qiladi. Konveyer lentaga bug’ generatori orqali chiqadigan qismdan o’tgach sovutiladi. Shundan so’ng u quritish shkafi sari yo’l oladi.

Ushbu qism konveyer lentasi bilan birga ishlaydi va makaronga bug’ berish orqali uning yuzasini silliq bo’lishini ta’minlaydi. Ushbu jarayonda par berish tezligi va lenta harakati bir biriga mutanosib bo’lishi juda muhim, aks holda makaronga kam yoki ko’p bug’ berilishi mumkin. Bu esa mahsulotingiz sifatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Quritish jarayoni tayyor mahsulot uchun muhim qismlardan biri sanalib aynan ushbu qism sizga mahsulotingizning asl holatini ko’rsatib beradi. Quritish vaqti makaronning namlik darajasiga bevosita bog’liq hisoblanadi. Issiqlikni oshirib yuborish ham mahsulotingiz ko’rinishiga salbiy tasir qiladi. Bu jarayonda kam issiqlikni havo orqali berib, uni ventilyatsion usulda butun shkaf bo’ylab harakatlantiradi.Natijada makaronning hamma qavatlari bir xilda qurishi ta’minlanadi. Makaronni o’rtacha namlik holatida 1 soat atrofida quritish maqsadga muvofiq.

Quritish shkafidan olingan makaronlar yaxshilab sovutilgach ularni idishlarga qadoqlash va mijozlarga yetkazish qoladi xolos. Biz uskuna narxi oshib ketishini oldini olish maqsadida sizga yarim avtomat qadoqlash uskunasini tavsiya qilmoqdamiz.

Yuqoridagi liniya uchun quyidagi talablarni xaridor bajarishi lozim bo’ladi:

  • 50 m2 dan kam bo’lmagan sanitariya gigiyena talablariga mos keluvchi xona
  • 2 nafar ishchi
  • 380 v 50 hz kuchlanishli xona ichida joylashga tarmoq shiti
  • Agar imkon bo’lsa sovuq suv tarmog’i, imkon bo’lmagan taqdirda 200L li plastik idish
  • Injener texnolog talab qilgan boshqa kichik talablar

Yuqorida keltirilgan narxlar QQS siz, 27.11.2019 sanadagi narxlarga muvofiq ko’rsatilgan va ular o’zgarishi mumkin

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent shahridagi omborimizdan yoki Navoiy shahridagi “One Step Solution”XK do’koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O’zbekiston bo’ylab yo’l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

 

Submit your review

Reviews

There are no reviews yet.

Qo'ng'iroq

Asosiy menyu

Makaron ishlab chiqarish liniyasi

8,600$

Add to Cart