MDF ESHIKLAR ISHLAB CHIQARISH LINIYASI
Dastavval biz ishni MDF panelni kerakli o’lchamda kesishdan boshlaymiz. Bu biz uchun buyurtma qilgan yoki xaridorlar talabidan kelib chiqqan holda ishni bajaramiz va har bir viloyat xaridorlarida o’lchamlar turlicha bo’ladi. Buning uchun bizga ikki arrali kesish uskunasi kerak bo’ladi. Ikki arrali kesish uskunasi mahsulotni chetini O’chirmasdan, bir xil tekislikda kesib beradi, buning uchun oldingi kichik arra tezligi yuqori bo’lganligi uchun mahsulot sifatli chiqadi.
MDF panelimizni eshik uchun kerakli bo’lgan o’lchamda kesib olgandan so’ng, ularga turli xildagi mijoz talabiga mos naqshlar bilan bezashga to’g’ri keladi. Agar mijozingiz oynali eshiklarni xohlashsa, ularni ham qilishni imkoni bor. Rover uskunasini ishlatadigan ustadan asosiy talab u AutoCAD dasturidan foydalanish bo’yicha ko’nikmaga ega bo’lgani yaxshi.
MDF eshik uchun asos yasalib so’ng shu asosning ikki yuzasi MDF bilan qoplanadi va asos bilan tutashgan qismlar yaxshilab yelimlangach issiq yuzali gidravlik presslash uskunasi yordamida mustahkamlanadi. Bu jarayonda hech qanday mix va boshqa mustahkamlovchi vositalardan foydalanilmaydi, shu sababli mahsulotimiz sifatli bo’lib chiqadi.
Ushbu yordamchi uskuna ishlab chiqarish seximizga ortiqcha chiqindilar chiqishidan hamda uskunalarimiz bexato ishlashi uchun zarur hisoblanadi. Uskunani ishlash jarayoni birmuncha sodda ishlangan bo’lib maxsus qoplarga chiqindini yig’adi, ish yakunlangach uni tozalab qayta qo’yasiz.
Biz sizga taklif qiladigan ushbu uskunamiz juda qulay hisoblanadi, hattoki uni eshik xonadonga o’rnatilgandan keyin ham ishlatish mumkin. Vertikal hamda gorizontal holatda ham ishlayveradi. Ishlatish birmuncha sodda ishlangan bo’lib, ustalar ishlatish jarayonida xatoga yo’l qo’ymaslik ehtimoli yuqori.

Ishlar yakuniga yetgach eshiklarimizni bo’yoq hamda laklar yordamida yaxshilab bo’yab olish lozim bo’ladi. Bu jarayonda sizga havo kompressori zarur bo’ladi. Kompressorlarni mahalliy bozordan topish qiyin bo’lmaganligi sababli uni liniya tarkibiga kiritmadik.
UMUMIY NARXI:
ROVER USKUNASI-7400$
GIDRAVLIK ISSIQ YUZALI PRESS(100T)-16800$
CHANG TORTISH MOSLAMASI-400$
QULF O’RNINI OCHISH MOSLAMASI-1300$
IKKI ARRALI KESISH USKUNASI-3500
UMUMIY NARXI 29400$
Yuqorida keltirilgan Narxlar QQS siz 01.03.2019 sanadagi narxlarga muvofiq ko’rsatilgan va ular o’zgarishi mumkin
Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.
Xaridorlar uskunalarini Toshkent shahridagi omborimizdan yoki Navoiy shahridagi “One Step Solution”XK do’koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.
(Oʻrnatib berish va O’zbekiston bo’ylab yo’l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)
Reviews
There are no reviews yet.