MIX ISHLAB CHIQARISH LINIYASI

Ko’pgina mijozlarimizning talablariga binoan sizlarga mix ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qar0r qildik. Mix hozirda yurtimizda olib borilayotgan qurilish ishlarida eng xaridorgir qurilish materiallaridan biri sanaladi. Mix ishlab chiqarish biznesi sizga tezda daromadga kirishingizga, hamda mahsulotingiz uchun xaridor topish ishlari oson ekanligi bilan boshqa bizneslarga qaraganda ancha samaraliroq sanaladi. Marhamat quyidagi tavsiya qilgan liniyamiz orqali siz ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Taqoslash

SIM CHO’ZISH USKUNASI

Mix ishlab chiqarish biznesidan ko’proq daromad olishni istagan tadbirkorlar diametri 5,5mm lik sim sotib olishadi va uni o’zlariga kerakli diametrda cho’zib olishadi. Ushbu jarayonda simning massasi oshib yoki kamayib qolmaydi. Bu liniyada siz har xil diamterdagi simlarni sotish orqali ham daromad ko’rsangiz bo’ladi, diametri qalin sim bilan diametri qalin bo’lmagan sim narxlari o’rtasida tafovvut mavjud. Sizga tavsiya etadigan sim cho’zish liniyasi 5,5mm dan 1,2 mm ga qadar cho’zib bera oladi. Sim cho’zish ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda 2 mm gacha cho’zib beriladi.

SIM QIZDIRISH PECHI

2 mm gacha cho’zib olingan simlar qizdirish pechiga tiqiladi va 850 C haroratda 2-3 soat ushlab turiladi. Ushbu jarayon simning cho’ziluvchanligini oshirib berish uchun xizmat qiladi. Ushbu jarayon yakunlach siz yana sim cho’zish uskunasi orqali 1,2 mm gacha bo’lgan diametrgacha cho’za olasiz.

TIP ROLLER

Tip roller uskunasi sim uchini cho’zish uskunasiga tayyorlab beradi, ya’ni uch qismini yapaloq shaklga keltirib uni barabanda yaxshi aylanadigan holatga olib kelib beradi.

SIM PAYVANDLASH USKUNASI

Sim payvandlash uskunasi ham sim cho’zish jarayonida ishtirok etadi. Ushbu uskuna sim o’ramida sim kamaygan paytda uni yangi sim o’ramidagi simning uchiga payvandlash orqali ulab beradi. Shundan so’ng sim uzilgan bo’lib qolmaydi.

MIX CHIQARISH USKUNALARI

Tayyor bo’lgan sim g’altaklari mix chiqarish uskunasiga qo’yiladi. Sizga qanday o’lchamda mix kerakligiga qarab mix chiqarish uskunasini tanlashingiz mumkin. Hamma turdagi mixlarni chiqarish istagida bo’lsangiz u holda quyida tavsiya etiladigan uskunalarni xarid qilishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.

 

 

 

SAYQALLASH USKUNASI

Mix chiqarish uskunasidan mix chiqqach u yaxshilab sayqallanadi. Sayqallash jarayonida sizning mixlaringiz yarqiroq holatga kelib, mijozlar uchun ortiqcha savollar tug’ilishi oldi olinadi. Sayqallash jarayonida shuningdek mix ishlab chiqarish jarayonida pichoq tezligi oqibatida yuz berigan xatolik ya’ni uch qismini yaxshi ochilmay qolishi kabi muammolar bartaraf etiladi.

CHARXLASH USKUNASI

Mix uskunasi metall bilan muntazam ishlash natijasida unga o’rnatilgan pichoqlarni tez-tez charxlab turish zarurati tug’iladi. Pichoqlar o’ziga xos turga ega bo’lganligi uchun ularni maxsus charx yordamida charxlash tavsiya etiladi.

Yuqorida tavsiya etilayotgan liniya yordamida siz har qanday o’lchamdagi mixlar va simlarni chiqarish imkoniga ega bo’lasiz. Mix ishlab chiqarish yaxshi daromadli soha ekanligini anglagan holda biz sizga malakali texnolog hamda ishlab chiqarish uchun zarur xomashyo simlarni topishda ko’maklashamiz. Albatta yuqoridagi liniyani sotib olish uchun ba’zi tadbirkorlarimizda boshlang’ich mablag’ yetarli bo’lmasligi mumkin, ana shunday hollarda sizlarga mix chiqaradigan uskuna, sayqallash uskunasi va charx olishni maslahat beramiz. Sizga kerakli diametrdagi simlarni esa biz ushbu liniyani to’liq sotgan joylarimizdan arzon narxlarda shartnomalar tuzib berishni o’z zimmamizga olamiz.

Yuqoridagi liniya uchun quyidagi talablarni xaridor bajarishi lozim bo’ladi:

  • 150 m2 dan kam bo’lmagan yopiq joy
  • 2 nafar ishchi
  • 380 v 50 hz kuchlanishli xona ichida joylashga tarmoq shiti
  • Injener texnolog talab qilgan boshqa kichik talablar

Yuqorida keltirilgan Narxlar QQS siz 08.01.2019 sanadagi narxlarga muvofiq korsatilgan va ular o’zgarishi mumkin

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent shaxridagi omborimizdan yoki Navoiy shaxridagi “One Step Solution”XK do’koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O’zbekiston buylab yo’l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

Submit your review

Reviews

There are no reviews yet.

Qo'ng'iroq

Asosiy menyu

MIX ISHLAB CHIQARISH LINIYASI