Muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish chiqarish liniyasi

17,800$

In stock

Chuchvara (pelmeni) xalqimiz tomonidan sevib iste’mol qilinadigan mahsulotlardan sanaladi. Har bir xonadonda tayyorlanadigan chuchvara oilaning barcha a’zolariga birdek manzur bo’ladi. Zamonamiz rivojlangani sayin yurtimizda urbanizatsiya darajasi yuqori suratlarda o’sib bormoqda. Shaharda istiqomad qiluvchi oilalarning aksariyat qismini vaqt muammosi qiynaydi. Sizga ma’lumki chuchvara tayyorlash bekalarimiz uchun oddiy taom sanalmaydi va uni tayyorlash boshqa ovqatlarga nisbatan ko’proq vaqt talab etadi. Shu sababdan so’nggi yillarda yurtimizda pishirish uchun tayyor taomlarimiz savdosi anchagina o’sgan. Yuqoridagi talabdan kelib chiqqan holda sizlarga bugun “ONE STEP SOLUTION” XK kompaniyasi muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildi. Albatta sizlarga tavsiya etiladigan uskunalarimizni tanlashda bizga kelib tushadigan murojaatlarni inobatga olgan holda taqdim etamiz.

Taqoslash
Category:

Liniya uchun kerak bo’ladigan uskunalar

Chuchvara tayyorlash uchun ishni dastlab yaxshilab elab olingan undan xamir tayyorlashdan boshlash maqsadga muvofiq. Biz sizlarga yuqori intellektual boshqaruv tizimiga ega bo’lgan, PLC boshqaruvli xamir qorish uskunalarini keng assortimentda taqdim eta olamiz. Bu ishlar sizga kelgusida mahsulotingiz sifatli chiqishi, xamirning sifatli qorilishiga olib keladi.

XAMIR QORISH USKUNASI

GO’SHT QIYMALASH USKUNASI

Chuchvara ichiga siz xaridor talabidan kelib chiqib: qovoqdan, rayhondan va go’shtdan tayyorlashingiz mumkin. Bunda sizga go’sht qiymalagich lozim bo’ladi. Sizga taqdim qiladigan go’sht qiymalagich yordamida siz parrak qilib yoki qiymalangan holatda chiqarish imkoniga egasiz.

QIYMA UCHUN MIKSER USKUNASI

Qiyma kerakli bo’lgan ziravorlar va boshqa qo’shimchalar bilan yaxshilab aralashtirilishi lozim. Bu jarayonni esa to’la zanglamas metalldan ishlangan quyidagi uskuna yordamida bajaramiz.

CHUCHVARA FORMALASH USKUNASI

Tayyor bo’lgan xamir hamda yaxshilab aralashtirilib tayyorlangan qiymani formalash uskunasiga joylaymiz. Xaridor chuchvara shaklini va uning o’lchamini buyurtma vaqtida tanlaydi. Bir dona chuchvara o’rtacha og’irligi 8-10gr ni tashkil qiladi. Agar xaridorlar Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan formalash uskunasini xarid qilish istagida bo’lsalar, bizda Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan uskunalarni ham olib kelish imkoniga egamiz.

SHOK MUZLATISH USKUNASI

Ushbu uskuna ko’pchilikka notanish bo’lishi mumkin, lekin sizning mahsulotingiz sifatini belgilovchi asosiy uskunalardan biri sanaladi. Uskunaning vazifasi siz unga joylagan chuchvaralarni tez fursatda -40C gacha muzlatib berishdan iborat. Tezda muzlatilgan holatda mahsulot o’z shaklini va uni ichidagi foydali mikroelementlarni yo’qotmaydi.

AZOT GAZLI QADOQLASH USKUNASI

Mahsulotingizni shok muzlatgichdan olgach uni qadoqlash lozim bo’ladi. Ba’zi ishlab chiqaruvchilar avval qadoqlab keyin muzlatish lozim deb hisoblaydi. Ammo shuni yodda tutish lozimki muzlatmasdan qadoqlansa uni shakli deformatsiyaga uchraydi va xaridorlaringiz ishonchini yo’qolishiga olib kelinishi mumkin

Yuqorida keltirilgan narxlar QQS siz, 01.02.2020 sanadagi narxlarga muvofiq ko’rsatilgan va ular o’zgarishi mumkin

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent shahridagi omborimizdan yoki Navoiy shahridagi “One Step Solution”XK do’koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O’zbekiston bo’ylab yo’l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

Submit your review

Reviews

There are no reviews yet.

Qo'ng'iroq

Asosiy menyu

Muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish chiqarish liniyasi

17,800$

Add to Cart