Muzqaymoq Frezer dastgohi PRE-COOLING tizimi bilan (Italiya texnalogiasi220v)

1,700$

In stock

Kunlar isiy boshlashi bilan kishilarning salqinlashtiruvchi mahsulotlarga (muzqaymoq, salqin ichimliklar) talabi keskin oshib ketadi. Shu o’rinda yosh tadbirkorlarimiz uchun ajoyib biznes turlaridan biri bu quyma muzqaymoq biznesidir. Ushbu biznes mavsumiy bo’lishiga qaramasdan juda serdaromad biznes hisoblanadi. Ushbu biznes bilan siz bemalol bir yilda 7-8 oy ishlashingiz mumkin. Muzqaymoq biznesi eng rentabelli bizneslar sirasiga kirishini hech kim inkor etmaydi va bu ko’rsatgich sizga tikkan pulingizni 300% gacha qaytib kelishini ta’minlaydi. Eng muhimi sizda risk juda kam bo’ladi. Har qanday biznesni boshlab olish avvalo tavakkalchilikka asoslangan bo’ladi, shuni inobatga olib ushbu biznesda sizning tavakkalga tikkan summangiz kichikligi va uni eplay olmagan taqdiringizda ham uskunani boshqa birovga tez sota olishingizdadir. Yosh va endi biznesga kirayotgan tadbirkorlar eng avvalo o’zidagi mablag’ni yo’qotishdan qo’rqishadi. Bizning “One Step Solution” XK kompaniyamiz sizga 30 dan oshiq ishlab chiqaruvchilar orasidan eng sifatli, bizning iqlim sharoitlarimizga har tomonlama mos keadigan, yozning issiq kunlarida bemalol ochiq havoda ishlash mumkin bo’lgan, import kompressorga ega frezerni tanladik. Bizning muzqaymoq frezerimiz boshqa uskunalardan nimasi bilan farqlanadi?

  • 220v 50 Hz kuchlanishda ishlaydi. (Bu sizga har qanday joyda ishlash imkonini beradi va tok sarfi xarajatlaringizni tejaydi.
  • Full stainless steel body ya’ni to’liq zanglamas metalldan ishlangan bo’lib, sizga uzoq ximat qilishni ta’minlaydi hamda qismlar karroziyaga uchramaydi.
  • LCD panelli boshqaruv tizimi (hamma jarayonni ekrandan kuzatish imkonini beradi)
  • PRE-COOLING tizimi o’rnatilgan maxsus buyurtma asosida. Bu tizim bizning iqlim sharoitimizda juda zarur hisoblanadi, ya’ni bu tizim orqali siz sutli smes saqlanadigan bo’lmani ham sovutish imkoniga ega bo’lasiz. Bu esa o’z navbatida jazirama kunlardan bo’lmadagi smesni aynib qolish xavfini yo’qotadi. Ba’zi hollarda muzqaymoqdan kimdir zaharlanibdi degan gaplar quloqqa chalinadi, sizda esa bunday nohushliklar yuz bermaydi.
  • Easy Move ya’ni maxsus g’ildirakalar yordamida siz uskunani bir o’zingiz boshqalar yordamisiz bir joydan ikkinchi joyga o’tqaza olasiz.
  • Italian ultra silent compressor ushbu kompressor sizning muzqaymog’ingiz tez tayyor bo’lishi va kuchli sovutish tizimi uchun mas’uldir. Shuningdek ushbu kompressor ekalogiyaga salbiy ta’siri eng kam deb hisoblanadigan R404A freonda ishlaydi. Kompressor ishlagandan uning shovqini atrofga deyarli eshitilmaydi.
  • Uskuna vaqt o’tishi oqibatida rezina salniklaridan ayrim mijozlar shikoyat qilishadi. Biz esa sizlarning ushbu talabingizni inobatga olib unga zahira salniklar bepul taqdim etamiz.
  • Muzqaymoq quyib berish uchun maxsus ushlagichlar har doimgi plastik o’rniga SS304 zanglamas metalldan ishlangan. Bu esa issiq kunlarda ularning rangi sarg’ayishidan, mo’rt bo’lib qolishi kabi salbiy oqibatlardan holi.
  • Ingliz tilida foydalanish yo’riqnomasi xaridor uchun mustaqil holatda yengil tuzatishlarni amalga oshirishda yaqin ko’makchi bo’la oladi.

NARXI: 1700$ (Narxga QQS kiritilmagan)

 

Yuqorida keltirilgan Narxlar QQS siz 08.01.2019 sanadagi narxlarga muvofiq korsatilgan va ular o’zgarishi mumkin

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent shaxridagi omborimizdan yoki Navoiy shaxridagi “One Step Solution”XK do’koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O’zbekiston buylab yo’l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

 

Taqoslash
SKU: OSS-0013 Category: Tags: , , ,
Submit your review

Reviews

There are no reviews yet.

Qo'ng'iroq

Asosiy menyu

Muzqaymoq Frezer dastgohi PRE-COOLING tizimi bilan (Italiya texnalogiasi220v)

1,700$

Add to Cart