TIBBIYOT DOKASI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (STERILLANMAGAN)

14,500$

Нет в наличии

Tibbiyot sohasida va har birimiz biror dardga chalinganimizda eng ko’p foydalaniladigan mahsulot bu tibbiyot dokasi hisoblanadi. Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish hozirda yuritimizda yo’lga qo’yilgan bizneslar qatorida. Nega unda sizlar bu liniyani taklif etmoqdasizlar degan fikrda bo’lishingiz tabiiy, ammo bizning kuzatuvchilarimiz yaxshi bilishadiki “ONE STEP SOLUTION” XK doim yangi va kamyob uskunalarni sizga taklif etamiz. Maqsadimiz aniq, sizga ko’p daromad keltiruvchi sohani taklif etish va daromadingiz oshishiga o’z hissamizni qo’shish.


 

Taqoslash

Hammamizga ma’lumki hozirgi kunda xaridorga birinchi navbatda sifatli mahsulot zarur. Lekin bizda hozirda ishlab chiqarilayotgan tibbiyot dokalari oddiy ananaviy doka ishlab chiqarish uskunalarida ishlab chiqariladi va ularning sifati hozirgi zamon xaridoriga yoqmasligi mumkin. Dastavval har bir kishida savol tug’ilishi mumkin, ikkala uskuna uchun xomashyo turlichami degan mavzuda. Albatta, ikkala doka uchun ham bir xilda paxtali ip ishlatiladi. Oddiy tibbiyot dokasi tannarxini pasaytirish maqsadida ba’zan tayyorlangan dokalar alohida oqartirish ishlari olib boriladi, biz sizga tavsiya qiladigan uskunada esa avvaldan oqartirilgan tayyor xomashyodan ham qilish mumkin. Bu esa ishlab chiqarilgan mahsulotni darhol qadoqlash imkonini beradi va sifati yuqori bo’lib qolinishi ta’minlanadi.

G’altak iplardan bobina tayyorlash uskunasi

Ushbu uskuna ko’p g’altaklardagi iplardan bizning to’quv uskunamiz uchun zarur bo’lgan gorizontal qatorlarni hosib qilib, bobinaga o’rab berish uchun xizmat qiladi. Xomashyo yurtmizda ishlab chiqariladi uning sifatiga qarab 2,3$ dan 3$ gacha tashkil etadi. Mijozlarga aluminiy bobinalardan qo’shimcha sotib olishni maslahat beramiz, sababi ish jarayonida sizga ular ko’p as qotadi. Quyida sizga taklif qiladigan uskunaning bir donasi 4-5 ta to’quv uskunasi uchun bobinali iplar hosil qilib bera oladi.

MAXSUS TIBBIYOT DOKASI TO’QISH USKUNASI

Ushbu uskuna bir vaqtning o’zida ikki qator (agar mahsulot kengligi 10 sm gacha bo’lsa 4 qator) to’qib bera oladi. Uskuna uchun maxsus invertor matorlardan foydalanilgan bo’lib, ishlash jarayonida to’qish tezligini avtomatik nazorat ostiga oladi. Uskuna orqa qismida bobina turuvchi maxsus qism bo’lib to’qiladigan dokaga iplarni bir tekis qilib berib turadi. Aytgancha ushbu uskuna yordamida elastik bintlar ham to’qish imkoni bor, faqat birinchi uskunani boshqa modeliga almashtirish lozim bo’ladi.

Katta o’ramdan kichik o’ram hosil qiluvchi uskuna

Bu uskuna xususida ko’p to’xtalmoqchi emasmiz. Sababi ushbu uskuna ishi tushunarli va aniq. Ushbu uskuna sizga kerakli hajmda kichik o’ram hosil qilib beradi. Uskuna birmuncha sodda ishlanganligi sababli uni ishlatish umuman qiyin emas. Maxsus pedal yordamida harakatga keluvchi mator asosiy ishni bajaruvchi hisoblanadi. Siz pedaldan oyoqni olishingiz bilan ish to’xtaydi.

YARIM AVTOMATIK QADOQLASH USKUNASI

Oxirgi jarayonni har doimgidek qadoqlash uskunasi bajaradi. Biz ko’pgina tadbirkorlarning budjetini hisobga olgan holda ularga yarim avtomatik qadoqlash uskunasini taklif qilishni joiz deb topdik. Agar siz to’quv uskunasini 3 tadan ortiq oladigan bo’lsangiz sizga avtomatik gorizontal qadoqlash uskunasi lozim bo’ladi. Yarim avtomatik qadoqlash uskunasi uchun sizga 3 tomoni yopilgan holatda tayyorlangan faqat bor tomoni ochiq etiketka lozim bo’ladi. Ishlab chiqarilgan sanani ham qadoqlash uskunasi yordamida bosib berish imkoni mavjud. Shuningdek zarurat tug’ilganda boshqa mahsulotlarni ham qadoqlash mumkin. Har qanday mahsulotda xaridorning ilk tasavvurini shakllantirish muhim sanaladi, shunday ekan siz ishlab chiqargan mahsulotingiz qadog’ini dizayniga alohida e’tibor bering.

Aytib o’tilgan uskunalar yordamida siz o’z biznesingizni boshlashingiz mumkin. Bunda sizga har qanday yordamimizni ayamaymiz. Xomashyolarning ham arzon joylari faqat bizda!

Yuqorida keltirilgan Narxlar QQS siz 08.01.2019 sanadagi narxlarga muvofiq korsatilgan va ular o’zgarishi mumkin

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent shaxridagi omborimizdan yoki Navoiy shaxridagi “One Step Solution”XK do’koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O’zbekiston buylab yo’l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

 

Submit your review

Reviews

There are no reviews yet.

Qo'ng'iroq

Asosiy menyu

TIBBIYOT DOKASI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (STERILLANMAGAN)

14,500$

Add to Cart