TUXUMLAR UCHUN KARTON QUTI (FLEYKA) ISHLAB CHIQARISH LINIYASI.

14,700$

Нет в наличии

Qadrli kanalimiz foydalanuvchilari “One step solution” XK siz tadbirkorlarga serdaromad sohalardan bo’lgan karton quti (fleyka) ishlab chiqarishni taklif qiladi. Hozirgi kunda yurtimizda parrandachilik tobora rivojlanib bormoqda. Shunday ekan tabiiy ravishda karton qutilarga (fleykalarga) ham talab oshmoqda. Oldinlari parrandachilik biznesi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar tuxumlarni bozorlarga va do’konlarga eltishda ancha qiyinchilikka duch kelardi. Hozir esa bunga yechim karton quti (fleyka)dir. Bu esa tadbirkorlarning ish hajmini yanada oshiradi degani. Bundan tashqari bu liniya yordamida siz meva eksportida hamda kofe idishlari uchun podnoslar va turli xil ichimliklar hafsiz eksplatatsiyasi uchun qutilari ishlab chiqarishingiz mumkin. Ana endi xomashyosiga keladigan bo’lsak bu borada siz hech ham qiyinchilikka duch kelmaysiz. Xomashyo sifatida siz chiqindi kartonlardan foydalanasiz.

 

Taqoslash

KARTON QUTI (FLEYKA) ISHLAB CHIQARISH LINIYASI QUYIDAGILARDAN TASHKIL TOPGAN

1.Asosiy uskuna

 

2.Aralashma tayyorlab berish uskunasi

3.Aralashma yetkazib berish uskunalari

4.Tozalash uskunasi

5.Havo bilan taminlash sistemasi

6.Qoliplar

7.Karton quti (fleyka) ishlab chiqarish liniyasi ko’p tarmoqli bo’lib siz axlat karton va qog’ozlardan foydalangan holda quyidagi bozor uchun mahsulotlarni ishlab chiqarishingiz mumkin:

8.Homashyo

9.Karton quti (fleyka) ishlab chiqarish biznesidan qoladigan foydani hisoblab chiqamiz

Hisoblash biz bir kunda 8 soat ish vaqti, bir oyda 26 kunlik grafikdan va 3 ta ishchi kuchidan foydalandik.

Mahsulot uchun xomashyo (chiqindi karton)ning 1 kg – 1 500 so’m turadi.

Uskuna 1 kunda 640 kg xomashyoni qayta ishlaydi.

Bir kunda siz 8 000 ta karton quti (fleyka) ishlab chiqarishingiz mumkin. Bir dona tayyor mahsulot o’rtacha 350 so’m turadi va 1 dona tayyor mahsulotning og’rligi 80 gr. Mahsulot narxi yil fasillariga qarab o’zgarib turadi, chunki yozda quyosh yordamida, boshqa fasillarda maxsus issiq xonalarda quritish talab qilinadi.

8 000 ta*350 so’m=2 800 000 so’m (1 kunlik tushum)

2 800 000 so’m*26 kun=72 000 000 so’m (1 oylik tushum)

Demak, bir oyda 72 000 000 so’mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Bundan endi xarajatlarni ayirib chiqamiz.

208 000 ta*80 gr=16 640 000 gr (1 oylik xomashyo sarfi)

16 640 kg*1 500 so’m=24 960 000 so’m (1 oylik xomashyo sarfi)

12 272 kw*365 so’m=4 479 280 so’m (elektr energiyasi sarfi)

1 000 000 so’m*3 ishchi=3 000 000 so’m (ishchi kuchi xarajatlari)

100 000 so’m*26 kun=2 600 000 so’m (yetkazib berish xarajatlari)

Shunda sizning foydangiz 37 000 000 so’mni tashkil qiladi.

Yuqorida keltirilgan narxlar QQS siz, 18.08.2019 sanadagi narxlarga muvofiq ko’rsatilgan va ular o’zgarishi mumkin

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent shahridagi omborimizdan yoki Navoiy shahridagi “One Step Solution”XK do’koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O’zbekiston bo’ylab yo’l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

 

Submit your review

Reviews

There are no reviews yet.

Qo'ng'iroq

Asosiy menyu

TUXUMLAR UCHUN KARTON QUTI (FLEYKA) ISHLAB CHIQARISH LINIYASI.

14,700$

Add to Cart